TARMOQ KORXONALARIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O’YINLARI O’KAZILMOQDA

Бош саҳифа Янгиликлар

Prezidentimizning joriy yil 22-yanvarda «Zakovat» intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori qabul qilingan edi. Qaror ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o’zlashtirgan, kuchli bilimga ega bo’lgan xodimlarni qo’llab-quvvatlash va ularga o’z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag’batlantirish maqsadida «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ, «Dehqonobod kaliy zavodi»AJ, “Ammofos-Maksam” AJ va boshqa korxonalarda «Zakovat» intellektual turniri tashkil etildi.

G’oliblar korxona va kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email