SOG’LOM TURMUSH TARZI – FAROVON HAYOT ASOSI

Бош саҳифа

O’zbekiston respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan hamda Prezidentimizning «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJda jamoat tashkilotlari hamda kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda shaxmat bo’yicha sport musobaqasi o’tkazildi. Barcha sex va bo’limlardan 12 nafar ishtirokchi qatnashishdi. Musobaqa tom ma’noda shaxmat bayramiga aylandi.

Shuningdek, korxona ishchi-xodimlarining bo’sh vaqtini unumli tashkil etish hamda sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida muntazam ravishda sport musobaqalari o’tkazib kelinmoqda. Stol tennisi bo’yicha o’tkazilgan sport musobaqasida barcha sex va bo’limlardan ishtirok etgan xodimlar o’zaro bellashishdi.

Print Friendly, PDF & Email