Bir qator mutasaddilar bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdulhakim bobo Abdujabborov xonadonida bo’ldik.
Dehqonobodlik Abdulhakim bobo Abdujabborov 18 yoshida urush oloviga kirgan. Berlin chegarasidan boshlangan jang uni nemislar changaliga tashlaydi. Bu esa hayot va mamot kurashiga aylanadi.
Bobo hozir 99 yoshni qarshilagan. Yoshligining achchiq xotiralari, urushning zahmatli tala-to’pi uni hamon yig’latadi.
Tinchlik, dorilomon kunlar uchun jangda bo’lgan bu tabarruk insonlar bugun qadrlanib, xizmati e’zozlanmoqda.
«Dehqonobod kaliy zavodi» AJ xodimlari, tuman hokimligi, Janubiy-g’arbiy maxsus harbiy okrug xizmatchilaridan iborat jamoa qahramon boboning uyiga sovg’a-salomlar bilan tashrif buyurishdi. U yerda prezidentning maxsus sovg’asi va 12 mln. so’mlik pul mukofoti ham topshirildi.
Bobo uzoq duoga qo’l ochadi. Bir yig’lab, bir shukur deydi. Mehmonlarga sihat-salomatlik, yurtga tinchlik so’raydi. Demak, tinchlik bu – baxtiyorlikdir.
«Dehqonobod kaliy zavodi» AJ kasaba uyushma qo’mitasi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: