TARMOQ KASABA UYUSHMASI RESPUBLIKA KENGASHI IV-MAJLISINING YAKUNLARI TOʻGʻRISIDA
Navbatdagi IV majlisda tarmoq kasaba uyushmasining 2024-yil davomidagi faoliyati yakunlari muhokama qilindi va navbatdagi vazifalar belgilab olindi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi islohotlar adolat tamoyillari qaror topishiga xizmat qiladi. Bunda, ayniqsa, ishchi-xodimlar manfaatini himoya qiladigan kasaba uyushmalari faoliyati muhimdir.
Oʻtgan davrdagi ishlar tahlili jamoat tashkilotining mehnat, mehnat munosabatlarida mutanosiblikka erishish borasida samarali faoliyat olib borganligini koʻrsatdi. Tizimning barcha boʻgʻinlarida zamonaviy axborot texnologiyalari, elektron vositalar orqali aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotga kirishish imkoniyati yaratilmoqda. Bu esa kundalik hayotiy yoki mehnatga doir muammolarni oʻz vaqtida va hech bir sansolarliksiz oʻz joyida hal etish imkonini berayotir.
Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi faoliyati davomida “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlash asosiy vazifaga aylanganini alohida taʼkidlab oʻtish zarur. Korxona va tashkilotlar, barcha ijtimoiy sheriklar eʼtiborini shu muhim masalaga qaratgani tufayli 2024-yil mobaynida Davlat dasturi ijrosi doirasida Respublika kengashi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Mehnat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, konseptual jihatdan yangi qonunlarni ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazishda kasaba uyushmalarining ishtiroki taʼminlandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: