RAYOSAT YIG‘ILISHLARI

KASABA UYUSHMASI RESPUBLIKA KENGASHI IJROIYA QO‘MITASI VAKOLATLARI:

 kasaba uyushmasi Respublika kengashi majlislari orasida kasaba uyushmasi faoliyatini boshqaradi, kasaba uyushmasi Qurultoyi va Respublika kengashi qarorlarini bajarilishini tashkil qiladi va nazorat etadi hamda bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Respublika kengashining navbatdagi majlisida axborot berib turadi;

kasaba uyushmasi Respublika kengashi majlisini chaqiradi, kun tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritadi, uni oʻtkazish joyi va vaqtini belgilaydi;

kasaba uyushmasi Markaziy apparatining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradi;

Federatsiya Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda kasaba uyushmasi Markaziy apparatining shtat jadvali, daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

kasaba uyushmasi aʼzolari sonidan kelib chiqib kasaba uyushmasi qoʻmitalarining haq olib ishlaydigan xodimlar sonining meʼyorini, kasaba uyushmasi qoʻmitalarining xoʻjalik ishidan ozod etilmagan raislariga qoʻshimcha toʻlovlar miqdorini Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga amal qilgan holda belgilaydi;

kasaba uyushmasi Respublika kengashiga taqdim etiladigan axborot, statistik va boshqa hujjatlar roʻyxatini belgilaydi;

kasaba uyushmasi Qurultoyiga saylangan delegatlarning vakolatlarini tasdiqlaydi;

Federatsiya Kengashining Ehtirom Nishoni, Faxriy yorligʻi bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Federatsiya Kengashiga kiritadi;

kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va ishlarini muvofiqlashtiradi, boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlarining faoliyati boʻyicha hisobotini eshitadi;

Federatsiya Kengashi Ijroiya qo‘mita bilan kelishilgan holda kasaba uyushmasi xalqaro birlashmalariga kirish (chiqish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;

kasaba uyushmasi byudjetini boshqaradi, kasaba uyushmasi aʼzolik badallarining amaldagi tushumidan kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotlariga qoldiriladigan qismini Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan meʼyorlar asosida (foiz hisobida) belgilaydi;

kasaba uyushmasi xodimlari va faollarini oʻqitish, qayta tayyorlashni tashkil etadi, kasaba uyushmasi tashkilotlarining ijobiy tajribalarini oʻrganadi va ommalashtiradi;

Ustavda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosati qarori bilan Rayosat vakolatiga kiruvchi ayrim vakolatlar Respublika kengashi raisiga berilishi mumkin.

Kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitaning yig‘ilishlari zarur hollarda, lekin chorakda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.

Print Friendly, PDF & Email