“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ xalqaro korxonasi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida 30-iyun – Yoshlar kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Kitobxon xodim” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda korxonaning barcha soha va bo‘limlaridan xodimlar faol ishtirok etdilar.

Tanlov davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda ma’naviy yuksalishni ta’minlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar alohida e’tirof etildi.

Ishtirokchilar o‘z chiqishlarida jadidlar va mutafakkirlar hayoti hamda ijodi, insoniylik, Vatanga sadoqat, ma’rifatparvarlik va milliy qadriyatlar haqidagi fikr-mulohazalarini mazmunli bayon etdilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Sifat va texnologiya bo‘limi muhandisi Ozod Mirzayev,, 2-o‘rinni Industrilizatsiya bo‘limi xodimi Aziz Ilhomov, 3-o‘rinni Xo‘jalik bo‘limi xodimi Umida Abdurahmonova egalladi.


G‘oliblar hamda barcha ishtirokchilar kasaba uyushmasi qo‘mitasining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tanlov xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: