“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

“Farg‘onaazot” AJ korxonasida 28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan korxonaning Xavfsizlik texnikasi boshqarmasi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida sexlararo “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish madaniyatini oshirish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

“Zakovat” intellektual o‘yinida jamoalar mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda umumiy bilimlar bo‘yicha savollarga javob berdilar. Qizg‘in tarzda o‘tgan bellashuv ishtirokchilarning bilim saviyasi, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini yana bir bor namoyon etdi.

Bunday intellektual o‘yinlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, mehnat xavfsizligi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash hamda korxonada ijobiy ijtimoiy muhitni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bellashuv yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Mochevina ishlab chiqarish sexining “Everest” jamoasi, 2-o‘rinni Xlorat-magniy defoliyanti sexining “Saxovat” jamoasi va 3-o‘rinni Ammiak-3 sexining “Ammiak-3” jamoasi egalladi.

Print Friendly, PDF & Email