«QO‘NG‘IROD SODA ZAVODI» MChJ QKDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Бош саҳифа

O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining “2026-yilda mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha tashkilotlarda monitoring oʻtkazish reja-jadvali”ga muvofiq “Qoʻngʻirot soda zavodi”  MShJ QKda monitoring oʻtkazildi. Monitoring davomida xodimlar munosib mehnat sharoitlarida ish faoliyatlarini olib borayotganliklari, mehnatni muhofaza qilish sohasida olib borilgan ishlar bilan bir qatorda xodimlar xavfsizligi uchun yaratilgan sharoitlar ham oʻrganildi. Jumladan, xodimlar yoʻl-yoʻriqdan oʻtganligi, mehnat muhofazasi boʻyicha vakillar saylanib oʻqitilganligi, har bir xodim shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim bosh va poyafzallar bilan taʼminlangaligi, ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra  xodimlarga sut va unga tenglashtirilgan mahsulotlar, davolash-profilaktika oziq-ovqati berib kelinayotganligi, xodimlarni dastlabki va keyinchalik vaqti-vaqti bilan oʻtkazilishi lozim boʻlgan  tibbiy koʻrikdan xodimlar chiqimdor boʻlmagan holda toʻliq oʻtganligi, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligining majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qarorga muvofiq har bir xodim sugʻurtalanganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, mehnat muhofazasiga eʼtiborni kuchaytirish, kelgusida turli koʻngilsiz holatlarning oldini olish va bu sohada ish olib borayotgan jamoatchi vakillarni bilimini oshirish hamda faollashtirish maqsadida seminar oʻtkazildi. Seminarda mehnat muhofazasi mutaxassislari, vakillar va xodimlar ishtirok etdilar. Seminar davomida mehnatni muhofaza qilish sohasida ish beruvchining majburiyatlari, xodimlarning huquqlari va Vazirlar Mahkamasining 819-sonli qarori toʻgʻrisida batafsil tushuntirish berib oʻtildi.

Shuxratilla Rixsiboyev

Mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi

Print Friendly, PDF & Email