YILNING ENG YAXSHI YOSH PAYVANDCHISI ANIQLANDI

Бош саҳифа

 Yoshlarning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yosh mutaxassislarni iste’dodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi yosh payvandchi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

 Ishtirokchilar sohaga oid savol-javob, ulash va kesish hamda uyga vazifa shartlarida bellashdilar.

Shartlar davomida payvandchilarning olov va temir hamohangligida oshirgan mahoratlari, ishni to‘g‘ri va xatosiz bajarishiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, uyga vazifa shartida oldindan tayyorlangan erkin ijod namunalari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

 Natijalarga ko‘ra, tanlovda eng yuqori bal bilan eng yaxshi ishtirokchi sifatida Kon transport sexi payvandchisi Abdufattoh Toshturdiyev aniqlangan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi payvandchisi Shohjahon Nasriddinov egaladi. Uchinchi o‘rinni esa Kon uskunalarini ta’mirlash uchastkasi payvandchisi Ma’ruf Yuldashev qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va korxona rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email