SAMARQANDGA UNUTILMAS SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

 “Ammofos-Maxam” AJ tomonidan 100 nafar xodimlar uchun 2025-yilning 12-13-aprel kunlari Samarqand shahriga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida sayohat tashkil etildi.

Mazkur sayohat buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan o‘tkazildi.

Sayohat davomida mehnatkashlar uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy transport vositasi, qulay mehmonxona,  sifatli ovqatlanish joylari va malakali gid-ekskursovodlar xizmatidan foydalanildi.

Xodimlar sayohatdan unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar.

Print Friendly, PDF & Email