Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ korxonasining bayramona bezatilgan majlislar zalida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Bayram tadbirini korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov tadbir qatnashchilariga qaratilgan tabrik so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida Temur bobomizning siymosiga yuzlanar ekan, Amir Temurning bosib o‘tgan umr yillariga alohida to‘xtalib o‘td.
So‘ng, tadbirning badiiy qismidan iborat spektakldan parcha va konsert dasturiga navbat berildi. Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri ijodiy guruhi tayyorlagan “Amir Temur hayotidan lavhalar” nomli sahna ko‘rinishi va o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan iborat konsert barcha tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.
Ayniqsa, Nurullo Tursunov va Bobur Avazbekovlarning aktyorlik mahorati, xonandalar Murodjon Ibroximov, Foziljon Nazarov, Sardor Ibroximov, Guljaxon Yusupova va Shoxida Jo‘rayevalarning, ularga jo‘r bo‘lgan sozandalar Kamoliddin Abduraximov, Doniyor Xakimov, Muzaffar Qoraboyev, Ziyoxiddin Odilov, Xamdamjon Umarov, Rahmatillo Shokirovlarning ijrochilik mahorati, shuningdek, raqqosalar Diloromxon Zokirova va Sevara Mirzamatovalarning raqslari tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Bayram so‘ngida jamiyatning boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov barcha tadbir tashkilotchilariga va ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda kelajakda ulkan zafarlar tiladi.
Yuqori saviyada o‘tgan bayram tadbiri korxona xodimlari xotirasida o‘chmas taassurot qoldirdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: