Tarmoq tizimidagi “Farg‘onazot” AJ korxonasining majlislar zalida, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar‒Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov ochib berdi. U o‘z tabrigida Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash va tinchligini saqlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha vatandoshlarimizni bayram bilan tabrikladi.
Tadbirning badiiy dasturidan o‘rin olgan, Vatanimizning mard o‘g‘lonlarini ulug‘lovchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar, barcha tadbir qatnashchilariga bayramona shukuh va yaxshi kayfiyat bag‘ishladi.
Bayram tadbiri so‘ngida korxona ma’muriyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Vatanimiz oldidagi fidokorona mehnatlari uchun bir qator xodimlar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: