MUTAXASSISLAR SEMINARDA YANGI BILIMLARGA EGA BOʻLDILAR

Бош саҳифа

Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha byurosining taklifiga koʻra, “Better Work”  dasturi doirasida “Toʻqimachilik sanoatida mehnat xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish” mavzusida seminar oʻtkazildi. Unda Respublika kengashining mehnat muhofazasi boʻyicha bosh mutaxassisi Shuxratilla Rixsiboyev ishtirok etdi.

Seminarda toʻqimachilik sanoatida foydalaniladigan kimyoviy moddalarning insonlarga va atrof-muhitga taʼsiri, kimyoviy moddalarni, chiqindi va havo emissiyalari boshqaruvi hamda mavzuga bogʻliq xalqaro va Oʻzbekiston qonunchiligi boʻyicha xalqaro ekspertlar maʼruza oʻtdilar.

Seminar yakunida qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email