Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJning faollar zalida davlat tilining tashkil topganligining 35 yilligiga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona viloyati boshlig‘i Nizomiddin Qo‘ldoshev hamda Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi rahbari Husniya Shermatovalar ishtirok etdilar.
Soha mutaxassislari bayram tadbirida tilga e’tibor, ehtirom, davlat tilimiz nufuzini yanada oshirish borasida so‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdilar.
Korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov o‘z nutqida barchani bayram bilan tabriklab, tilimiz nufuzini oshirish borasida mamlakatimizda, shuningdek, korxonada tahsinga sazovor ishlar amalga oshirilayotganligi, davlatimiz rahbari tomonidan bu sohada olib borilayotgan islohotlar tilimizga bo‘lgan e’tiborning yuqori cho‘qqisi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir so‘ngida mehmonlarga doimiy hamkorlik uchun korxona tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: