YOSHLAR BILAN DAVRA SUHABTI TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni munosabati bilan korxona direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhiddin Xolbutayev va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Rahmiddin Muxammedovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuvda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib, yoshlarga oid davlat siyosatining amaldagi ijrosi, unga ko‘ra iste’dodli va intellektual salohiyatli, kasbida faol bo‘lgan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida fikr almashildi. R.Muxammedov korxona kasaba uyushmasi tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. 

 Uchrashuv so‘ngida yoshlar takliflari va muammolari tinglandi.

Print Friendly, PDF & Email