OROMGOHDA 30-IYUL‒XALQLAR DO‘STLIGI KUNI NISHONLANDI

Бош саҳифа

“Maxam-Chirchiq” AJ tasarrufidagi “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Dam oluvchi bolajonlar ko‘p millatli xalqimizga mos raqslar bilan chiqishlar namoyish etishdi. Ushbu go‘zal bayram chinakam do‘stlik va bag‘rikenglik yurti bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimizni dunyoga yanada keng tarannum etishiga ishonamiz. Muqaddas Vatanimiz – O‘zbekistonimiz gullab-yashnasin, doimo tinch va barqaror bo‘lsin!

Print Friendly, PDF & Email