XODIMLARIMIZ KO‘HNA SAMARQAND SHAHRIGA SAYOHAT QILDILAR

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2023-yil uchun tuzilgan ish rejasiga asosan hamda  2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq ishlab chiqilgan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturi bajarilishida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta\minlash maqsadida, chora-tadbirlar ijrosi amalga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning 2-yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda hamda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan xodimlarni respublikamizning tarixiy shaharlariga sayohatlari tashkil etildi.

Xodimlarimiz ko‘hna Samarqand shahriga sayohatlari davomida Imom Al-Buxoriy maqbarasi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov qabrlari, Shohi-zinda kompleksi, Go‘ri Amir maqbarasi va boshqa qadamjolar ziyorat qilinib, Ulug‘bek rasadxonasi va Registon kompleksini aylanib madaniy xordiq chiqardilar.

 

Nargizaxon Karimova

Farg‘ona kimyo zavodi MChJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Print Friendly, PDF & Email