“QO‘NG‘IROT SODA ZAVODI” MCHJ QKda JAMOA SHARTNOMASINING BAJARILISHI YAKUNI BO‘YICHA KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK mehnat jamoasining jamoa shartnomasi va uning ilovalarining 2022-yilda bajarilishi boʻyicha konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada 2022-yilda jamoa shartnomasi va ilovalarining bajarilishi bo‘yicha korxona bosh muhandisi Sh.Shamuratov hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.Alliyarov hisobotlari tinglandi.

Ma‘ruzalarda korxonaning ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalari to‘liq qamrab olindi.

Konferensiyada korxona bosh muhandisi Sh.Shamuratov hamda kasaba uyushmasi qoʻ‘mitasi raisi B.Alliyarov savollarga javob berdilar.

“Qoʽngʽirot soda zavodi” MCHJ QK mehnat jamoasi konferensiyasi Qarori loyihasi qatnashchilar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi va yakunda tashkiliy masalalar koʽrib chiqilib konferensiya oʽz ishini yakunladi.

Print Friendly, PDF & Email