Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi va Kengash Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika kengashi raisi M.Xalilova so`zga chiqib yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar adolat tamoyillari qaror topishiga, hayotimiz farovonligining oshishiga xizmat qilmoqda. Bunda, ayniqsa, ishchi-xodimlar manfaatini himoya qiladigan kasaba uyushmalari faoliyati muhimdir.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 11-noyabr kunini “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash taklifi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari kuni to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi besh yarim milliondan ortiq kasaba uyushmalari aʼzolari tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan 2020-yilda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilan edi.
Joriy yilda “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” umumxalq bayrami, dam olish kuni etib belgilandi.
11-noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi va Toshkent shahri markazidagi yurtimiz madaniyati va sanʼatida o‘ziga xos o‘rin tutgan tarixiy bino, sobiq “Sverdlov” nomidagi kontsert zali binosi negizida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyi”ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etishda namuna ko‘rsatgan masʼullarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” tanlovlari g‘oliblari, jami 19 nafar sovrindorlar mukofotlandilar.
Prezident sovg‘asi sifatida har bir tanlov bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan g‘oliblrga “Jentra”, 2-o‘rin egalariga “Cobalt”, 3-o‘rin sohiblariga “Spark” avtomobillari topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni kasaba uyushmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni mazkur islohotlarda yanada faol ishtirok etishga rag‘batlantirish, o‘z faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, taʼlim, fan va madaniyat, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sanʼat, sport, xizmat ko‘rsatish, kommunikatsiyalar, huquq-tartibot, kasaba uyushmalari va jamoat ishlari sohalar vakillarining mehnatini munosib taqdirlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati” mukofoti taʼsis etilgan.
Joriy yilda 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan 5 nafar fidoiylar “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati” nishoni va 25 nafar kasaba uyushmalari faollari va ish beruvchilarning bir guruhi “Ehtirom nishoni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”ni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” bajarilishiga ko‘maklashish maqsadida tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2022-yil 9-fevraldagi 5-10 ”s”- sonli qarori bilan tarmoq dasturi tasdiqlangan. Tizim korxonalarida mazkur dasturni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar qabul qilinib yil davomida belgilangan reja asosida amalga oshirib kelingan.
Majlisda so`zga chiqqan Kengash a’zolari faoliyat yuzasidan o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Bir so‘z bilan aytganda tarmoq va tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqilib, mavjud kamchliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi va Respublika kengashi faoliyatining 2023-yil uchun ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: