Tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maxam” AJ korxonsida “Ustoz-shogird” an’anasini davom ettirgan holda korxonada ko‘p yillar davomida mehnat qilgan faxriy xodimlar va korxonada faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida, faxriylar yosh xodimlarga ko‘p yillik tajribalaridan aytib, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanishlarini va muntazam tarzda bilim olishlari zarurligini ta’kidladilar. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: