KORXONA YOSHLARI UCHUN VODIY BO‘YLAB SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati yoshlar ittifoqi va korxona kasaba uyushma qo‘mitasi yoshlar bilan ishlash komissiyasi hamkorligida korxona yoshlari uchun Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Chodak tog‘li hududiga uyushtirilgan bir kunlik sayohat yoshlar uchun juda ham maroqli hordiq va ko‘ngil ochar kun bo‘ldi. Sayohatda Chodak hududiga yetib kelgan yoshlar ajoyib sharoitga ega bo‘lgan dam olish maskaniga joylashdilar.

So‘lim yerda nonushta qilib bo‘lgandan so‘ng tog‘ning go‘zal manzarasi sari maxsus transportlarda yo‘lga chiqildi.

 

       Sayohat davomida Chodak tog‘li hududida joylashgan o‘zining uzoq tarixiga ega muqaddas “Ona ko‘z yoshi” bulog‘iga ziyorat tashkil etildi. U yerda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. “Ona ko‘z yoshi” bulog‘ining qisqacha tarixi bilan tanishdilar.

 

Aytish kerakki, Chodak hududidagi deyarli barcha tog‘larga sayrlar uyushtirildi. Sayohatchilar turli xil ko‘ngil ochar osma kanatlar, atraksionlarda hamda tabiat qo‘ynida dam oldilar. Go‘zal tabiatda joylashgan sharsharalarda esdalik uchun suratlarga tushdilar.

Print Friendly, PDF & Email