9 DEKABR – XALQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH KUNI

Бош саҳифа Янгиликлар

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik manfaatlari yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurashda birlashing” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Zavod ma’muriyati va Komplayens xizmati tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar e’tibori BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining ahamiyatiga qaratildi.

Tadbirda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ bosh direktori G’.I.Ibragimov so‘zga chiqdi. Ochilish so‘zida korrupsiyaga qarshi kurash kunining e’lon qilinishi tarixiga to‘xtalib o‘tdi, shuningdek, korxonada ishchi-xodimlarning korrupsiyaga qarshi madaniyatini shakllantirish bo‘yicha muntazam ishlar olib borilayotgani, shu munosabat bilan turli mavzudagi tadbirlar tashkil etib kelinayotganligini ta’kidladi.

Tadbir ishtirokchilari korrupsiya mavzusida o`z fik va mulohazalarini bildirib o`tdilar.

Print Friendly, PDF & Email