“YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!” SHIORI OSTIDA UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI FAOLLIK BILAN OʻTKAZILDI

Бош саҳифа

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2026-yil 28-fevral 72-F-sonli farmoyishiga koʻra, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 13-14-mart kunlari respublikaning barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi. Ushbu umumxalq xayriya hasharida Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari faol ishtirok etdilar.

Xususan, hashar davomida  ariqlar tozalandi, daraxtlar oqlanib, ularga shakl berildi, korxonalar hududlari, xiyobonlar va kanallar boʻyida obodonlashtirish ishlari olib borilgan boʻlsa, boʻsh yer maydonlarida manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Maxsus texnika vositalari, yuzlab soha vakillari ishtirokida maydon nihollar ekish uchun shay holatga keltirilyapti. Ayni jarayonda korxonalarga qarashli bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida ham hashar tashkil etildi. Hududlarda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Daraxtlar oqlandi va binolar atrofi tozalandi. Shuningdek, korxonalarda mehnat qilib, hozirda nafaqada boʻlgan keksa va nogironlar, yolgʻiz qariyalar, boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashildi va xayriya tadbirlari doirasida ehtiyojmand xodimlar oilalariga zarur roʻzgʻor buyumalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami taqdim etildi.

Mazkur umumxalq xayriya hashari doirasida tizimdagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda hashar ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Shavkat Tairov

Yoshlar masalalari boʻyicha rais maslahatchisi

Print Friendly, PDF & Email