Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq tizimidagi korxonalarda 9-dekabr –Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida targʻibot ishlari, davra suhbatlari va ochiq eshiklar kuni oʻtkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirda jamiyat faoliyati ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, aholini sohaga oid yangiliklar bilan tanishtirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi sarhisob qilindi.


Tadbir davomida “Oʻzkimyosanoat” AJning korrupsiyani oldini olish yoʻnalishida olib borayotgan ishlari, ichki nazorat tizimi, xavflarni baholash mexanizmlari, xodimlar uchun oʻtkaziladigan oʻquv-seminarlar va profilaktik chora-tadbirlar haqida ham batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ korxonasida ham xodimlarda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, korrupsiya illatidan ogoh boʻlish, uning oqibatlari va unga yoʻl qoʻymaslikka undaydigan material va eslatmalar tarqatildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning faol ishtiroki ham oʻta muhimdir. Adolatli jamiyat qurishdagi eng muhim qadamlardan biri har bir fuqaroning qonunga boʻysinishi va ogoh boʻlishidadir.
“Maxam-Chirchiq” AJ korxonasida huquqni muhofaza etuvchi idoralarning masʼul xodimlari ishtirokida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkazildi.


Tadbir davomida ishtirokchilarga jamiyat tomonidan korrupsion xavf-xatarlarni kamaytirish, turli talon-tarojliklar bilan bogʻliq salbiy holatlar oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan nazorat-profilaktik ishlar hamda komplayens nazorat dasturida yaratilgan imkoniyatlar orqali manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va affillangan shaxslarni aniqlash kabi imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Suhbat soʻnggida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: