Tarmoq tizimidagi “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ yosh xodimlari uchun qadimiy Buxoro shahriga sayohat tashkil qilindi.
Sayohatchilar Ark qal’asi, Labi Hovuz ansambli, Xoja Bahouddin Naqshband hamda “Yetti pir” ziyoratgohlarida bo‘ldilar. Shuningdek, “Varnet” issiqxona akademiyasining ekoturizm uchun tashkil etilgan ajoyib egobog‘iga sayohat qilishdi.
Buxoroning eng qadimgi tarixiy me’morchilik yodgorliklari, shaharning tarixi, unda yashab o‘tgan ulamolar va allomalar haqida xabardor bo‘ldilar. Eko-sayohat davomida esa yoshlar tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish masalasida o‘zlariga bir qadar motivatsiyalar ham olishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: