Mazkur forumda “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Ammofos-Maxam” AJ, «Farg‘onaazot» AJ, «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ XKlarda faoliyat yuritayotgan yosh kimyogar mutaxassislar, shuningdek, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari – jami 200 nafar yoshlar ishtirok etishmoqda.
Dastlab ishtirokchilar D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filialiga tashrif buyurishdi. Ilm dargohida sohaning boʻlajak mutaxassislari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar Chirchiq kimyo-industrial texnoparkiga ham ekskursiya tashkil etildi. Yoshlarga texnoparkda ishlab chiqarish jarayonlari mutaxassislar tomonida tanishtirildi. Yosh mutaxassislar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.
Forumning asosiy tadbirlari «Kimyogar» sog’lomlashtirish oromgohida boʻlib oʻtmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: