Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ korxonasi rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan “Visol” tantanalar majmuasida tadbir o‘tkazildi. Tadbir doirasida bayramona dasturxon yozilib, mehmonlar uchun ko‘ngilochar chiqishlar va raqslar namoyish etildi.
Bayramni jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Ismatillayevich ochib berdi. U o‘z tabrik so‘zida barcha xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy qutlab, ularning kimyo sanoati va korxona rivojiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi hamda minnatdorchilik bildirdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: