“YILNING ENG FAOL YoSh KIMYOGARI” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI OʻTKAZILDI

Бош саҳифа

Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligida “Yilning eng faol yosh kimyogari” tanlovining Respublika bosqichi oʻtkazildi.

Mazkur tanlovni oʻtkazishdan maqsad yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis boʻlib kamol topishiga boʻlgan intilishini qoʻllab-kuvvatlash, oʻzi tanlagan kasbga nisbatan hurmat va faxr tuygʻusini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, yosh xodimlar orasida sogʻlom raqobat muhitini vujudga keltirish, yoshlarning innovatsion gʻoya, loyiha va texnologiyalarini hayotga tatbiq etish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlaridagi yoshlarning faolligini oshirishdan  iborat.

         Tanlov yakuniga koʻra 1-oʻrinni “Dehqonobod kaliy  zavodi” AJ xodimi Ahmedov Aslbek Urol oʻgʻli, 2-oʻrinni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK xodimi Mirsaotov Bunyod Umidjon oʻgʻli va 3-oʻrinni Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimi Eshbobayev Jaloliddin Abdurazzaqovich egalladi.

         Gʻolib va faol ishtirokchilar Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email