Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi munosabati bilan Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan haftalik tadbirlari doirasida “Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi stipendiyasi” tanlovining Respublika bosqichi Toshkent kimyo-texnologiya institutining majlislar zalida oʻtkazildi.
Tanlovning oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida yoshlarning faolligini oshirish, tarmoq tizimidagi Oliy taʼlim muassasida tahsil olayotgan talabalarni ilmiy faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash, “Ustoz-shogird” anʼanasini munosib davom ettirish, kasaba uyushmalari kadrlarini tayorlab borish, yuqori baholarga oʻqiyotgan, kimyo sohasida tadqiqotlar olib borayotgan va boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni aniqlash va ragʻbatlantirishdan iboratdir.
Tanlov ishtirokchilarining hujjatlari Respublika komissiyasi tomonidan tanlov Nizomi talablari asosida koʻrib chiqildi. Respublika komissiyasi xulosasiga koʻra, Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalaridan Nilufar Qodirjonova va Shaxlo Bobojonova tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining stipendiyasi gʻoliblari deb topildi. Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
-Ushbu stipendiya sohibasi boʻlish menga va kasaba uyushmasi faoliyatida olib borayotgan ishlarimda yana bir dalda boʻldi. Men kasaba uyushmalari faoliyatida ishtirok etish, yordam berish jarayonida yana bir sohani oʻrganayotganimdan xursandman. Kelgusida talabalarni kasaba uyushmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga harakat qilaman,-deydi tanlov gʻolibasi Shaxlo Bobojonova.
Sh. Toirov
Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari
kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining
yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: