Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi apparati kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
His obot-saylovda Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova, kasaba uyushmasi tashkiloti raisi Nilufar Muzapparova va tashkilot xodimlari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga koʻra tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi N. Alimdjanova soʻzga chiqib tashkilotda tuzilgan jamoa shartnomasi asosida ish beruvchi tomonidan 5 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va madaniy-maʼrifiy qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilgan faoliyat yuzasidan hisobot berib oʻtdi. Shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligini keng nishonlash maqsadida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar rejasi bilan tanishtirib oʻtdi. Shundan soʻng kasaba uyushmasi tashkiloti raisi N.Muzapparova tashkilot kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, xususan, jamoa shartnomasida belgilangan boʻlim va bandlar ijrosi toʻgʻrisida hisobot berdi.
Olib borilgan ishlar yigʻilish ishtirokchilari tomonidan muhokama qilinib, soʻzga chiqqanlar oʻz fikr va takliflarini bildirdilar va kasaba uyushmasi tashkilotining faoliyatini “qoniqarli” deb baholadilar.
Shundan soʻng ochiq ovoz berish yoʻli bilan muqobillik asosida saylov oʻtkazildi. Saylov natijasiga koʻra Respublika kengashi apparati xodimi Muzapparova Nilufar Alimjanovna kasaba uyushmasi tashkiloti raisi etib saylandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: