Toshkent shahrida D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida “Global nonushta: Fan va kimyoda ayollarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda “O‘zkimyosanoat” AJ, “Ziyo Forum” fan va ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi vakillari, Oila va xotin-qizlar ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova, tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maxam” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari, texnika fanlari doktori – “2024-yil ayoli”, «Ammofos-Maxam» AJ bosh texnologi Nadejda Vladimirovna Volanskova «Ilhomlantiruvchi yo‘l: fanda ayollar va qizlar» mavzusida ma’ruza bilan chiqishdi. “Ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini ta’minlash uchun sun’iy intellekt va bulut texnologiyalaridan foydalanish”, “Akademik Rashidova Sayora Sharafovna misolida o‘zbek olima ayolining ilmga qo‘shgan hissasi”, “Fanda ayollar va qizlar: korxonalarning mehnat salohiyatini oshirishga hissasi”, “O‘zbekiston Respublikasida bozor trendlarini tahlil qilish va glutensiz mahsulotlarga talabni o‘rganish”.
Ushbu mavzular bo‘yicha seminar ishtirokchilari munozaralarda faol ishtirok etdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: