“UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda faxriylar va yoshlarning suhbatlari tashkil etildi. Keksa avlodning boy hayotiy tajribalari yoshlarning tarbiyasida muhim o‘rin tutishini inobatga olib korxonada jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi “Faxriylar kengashi” tashkil etildi.

Kasb fidoyilari bilan bir piyola choy ustida qurilgan samimiy suhbat davomida bugungi kunlarga shukronalik keltirish, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish lozimligi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi boʻyicha ishlarni jadallashtirishda, yoshlarimizning yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlarida nuroniylarning bosh bo‘lishlari katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

“Uch avlod uchrashuvi” yuqori kayfiyatda o‘tdi va natijalarga boy bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email