Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Fargʻonaazot” AJning majlislar zalida boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiya va yigʻilishlarni belgilangan tartibda va yuqori kayfiyatda oʻtkazishni tashkil etish yuzasidan seminar oʻtkazildi.
Seminar video-konferens aloqa shaklida tashkil etildi. Unda maʼruzachi sifatida Respublika kengashi mutaxassislari N.Muzapparova, B.Quvatov, Sh.Rixsiboyev va tarmoq tizimidagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ, “Qoʻqon biokimyo” AJ, “Fargʻona kimyo zavodi” MCHJ, “Maxam-Chirchiq” AJ, “Ammofos-Maxam” AJ, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK, “Andijon biokimyo” AJ, “Biokimyo” AJ kabi koʻp ming sonli kasaba uyushmasi aʼzolarini birlashtirgan korxonalarning kasaba uyushmalari qoʻmitalari raislari va sex kasaba uyushmalari qoʻmitalari raislari ishtirok etdilar.
Seminarda soʻzga chiqqanlar hisobot-saylov konferensiyalari va yigʻilishlarni oʻtkazish tartib qoidalari haqida gapirib, bunda asosan nimalarga eʼtibor qaratish lozimligini aytib oʻtdilar.
Shuni alohida qayd etish kerakki, hisobot-saylov konferensiyalari boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega jarayondir. Xususan, hisobot-saylovda kasaba uyushmasi tashkilotining oʻtgan besh yil davomida erishgan natijalari, shuningdek, faoliyatni tashkil etishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va mavjud muammolar yana bir bor koʻrib chiqiladi. Shundan kelib chiqib kelgusi rejalar belgilab olinadi. Shuni inobatga olgan holda har bir kasaba uyushmasi tashkiloti raisi hisobot-saylov konferensiyalarini oʻtkazishga jiddiy ahamiyat qaratishi, oʻz saylovchilari oldida amalga oshirgan ishlarini aniq raqamlarda koʻrsatib berishi, ularning bildirgan ishonchlarini oqlashlari zarur.
Hisobot-saylovlarni oʻtkazishda hujjatlarning toʻgʻri rasmiylash-tirilishiga eʼtibor qaratish, bu borada Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Federatsiya va tarmoq kasaba uyushmasi ustaviga, tizimda amalda boʻlgan meʼyoriy hujjatlarga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishini taʼminlash muhimdir.
Seminarda shu kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilib faollar bilan boʻlgan oʻzaro savol-javoblarda har bir masalaga mutaxassislar tomonidan yanada aniqlik kiritildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: