Tarmoq tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mehnat huquqi inspektori Asliddin Xasanboyev, jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Norsaid Ko‘chkinov hamda xodimlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda xodimlar bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiya, Mehnat kodeksi hamda “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, jamoa shartnomasida xodimlarning ijtimoiy, mehnat hamda boshqa huquq va manfaatlarini ifoda etish, himoya qilish masalasida so‘z yuritildi.
Suhbat yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan javob oldilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: