Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda “Biz sogʻlom yosh oilamiz” shiori ostida oʻtkazilayotgan oilaviy sport musobaqasining Respublika bosqichi tarmoq tizimidagi D.I.Mendeleyev nomidagi RKTUning Toshkent shahridagi filialining sport zalida tantanali tarzda tashkil etildi.
Ushbu musobaqani tashkil etishdan maqsad yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, yosh xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida sport bilan shugʻullanish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, mustahkamlash va yosh xodimlarni ish joylarida qoʻnimliligini taʼminlab borishdan iboratdir.
Unda “Navoiyazot” AJ, “Maxam-Chirchiq” AJ va “Fargʻonaazot” AJ xodimlari va ularning oila aʼzolaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdilar.
Tadbirda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna soʻzga chiqib barchani 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan tabrikladi va “Biz sogʻlom yosh oilamiz” shiori ostida oʻtkazilayotgan ushbu musobaqada jamoalarga omad tiladi.
Musobaqada jamoalar 5 ta shart asosida qizgʻin bellashdilar.
Hakamlarning xulosasiga koʻra, faxrli 1-oʻrinni “Navoiyazot” AJ jamoasi Umurzoqovlar oilasi, 2-oʻrinni “Maxam-Chirchiq” AJ jamoasi Tursunovlar oilasi va “Fargʻonaazot” AJ jamoasi Yusupovlar oilasi egalladi.
Gʻoliblar Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Musobaqaning badiiy qismi barchaga yana bir bor bayram kayfiyatini ulashdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: