BIR BO‘LSAK –YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK –VATANMIZ!

Бош саҳифа

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik shonli sanasini chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida koʻtarinki kayfiyatda kutib olish maqsadida Respublika kengashi va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari, keksa avlod vakillari, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilari, “Saxovat” uylarida yashayotganlar, “Ijtimoiy himoya reestri”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar hamda koʻmakka muhtoj insonlarga homiylik yordamini koʻrsatish ishlariga eʼtibor qaratildi.

Xususan, tarmoq tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida ommaviy-madaniy, sport va xayriya tadbirlari tashkil etildi. Nogironligi bo‘lgan insonlar xolidan xabar olish, Maxsus maktab-internatlariga homiylik yordami koʻrsatilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Korxona, tashkilot va muassasalarda ishlayotgan nogironligi boʻlgan xodimlar moddiy qoʻllab-quvvatlandi.

Jumladan, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi, “Ammofos-Maxam” AJ va “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK kasaba uyushmalari qoʻmitalari tomonidan Olmaliq shahar 6-sonli alohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalar maktabi hamda Angren shahrida joylashgan 34-sonli tayanch-harakat aʼzolari shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatlari tarbiyalanuvchilari uchun qimmatbaho sovgʻalar, kutubxona uchun kitoblar berildi va bayram dasturxonalari tashkil etildi.

Shuningdek, bayram arafasida tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan tizimda uzoq yillar davomida mehnat qilib kelgan faxriylar ragʻbatlantirildi.

Print Friendly, PDF & Email