“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Бош саҳифа

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlar muammolarini o‘rganish, yosh mutaxassislar takliflarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqot qilish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev hamda direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, bosh muhandis Obidjon Amirkulov bo‘lim va sehlardagi tashabbuskor, faol va iqtidorli yoshlar bilan suhbatlashdi.   

Uchrashuv savol-javob shaklida va takliflarga boy bo‘ldi. Takliflarda korxona iqtisodiy ahvolini yaxshilash, yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari, innovatsion g‘oyalari va ratsionalizatorlik takliflar yo‘nalishlarida faolligini oshirish, rag‘batlantirish masalalari ko‘tarildi.

Shuningdek, yosh kadrlarni o‘qitish, korxonada zarur mutaxassislarni ichki imkoniyatdan kelib chiqib tayyorlash bo‘yicha ham savollar o‘rtaga tashlandi.

Print Friendly, PDF & Email