SAXOVAT–BEMINNAT NAZAR

Бош саҳифа

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da “Tarmoq tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish boʻyicha 2024-yil uchun “Yoʻl xaritasi” va “2024 yilda Respublika kengashining yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik yoshlar Dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida joylashgan 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida qator tadbirlar tashkil etildi.

Prezidentimiz raisligida 2023-yilning 22-dekabr­­ida boʻlib oʻtgan Res­publika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishda Prezidentimiz zamon uchun muhim va dolzarb boʻlgan savollarni, jumladan, “Biz bugungi keskin sharoitda gʻoyaviy-mafkuraviy sohada raqobatga tayyormizmi? Yosh avlodimiz tarbiyasi murakkab zamon talablariga javob berayaptimi?”,‒ deya qatʼiy berar ekan, quyidagilarni taʼkidladi.

“Bular oddiy savollar emas. Odamni jiddiy oʻylantiradigan, tashvishga soladigan savollar. Agar biz bu yorugʻ dunyoda “oʻzbek”, “oʻzbekistonlik”, “Oʻzbekiston” degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan boʻlsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va ularni hal etish boʻyicha amaliy harakatlarni aynan bugun boshlashimiz shart. Ertaga kech boʻladi”, ‒ degan edi Shavkat Mirziyoyev.

          

Shu maʼnoda Respublika kengashi tomonidan “Saxovat–beminnat nazr” shiori ostida 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi fondiga foydalanish uchun nusxa koʻchirish uskunasi, kompyuter jamlanmasi va maktab kutubxonasiga Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi va yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi, jadid adabiyoti namoyondalari va birinchi renessans allomalari asarlari, turli qiziqarli badiiy asarlar toʻplami begʻaraz yordam sifatida taqdim etildi.

           Shundan soʻng “Jaholatga qarshi maʼrifat” degan gʻoya asosida jadidchilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini oʻrganishga qaratilgan Respublika kengashi mutaxassislari, oʻqituvchi va oʻquvchilar ishtirokida davra suhbati va badiiy tadbir oʻtkazildi.

Davra suhbati davomida mutaxassislar yoshlarga bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar haqida hayotiy misollar asosida  gapirib berdilar. Shuningdek, jadidchilik harakati, uning tarixi va jadid ajdodlarimizning olib borgan faoliyatlari haqida soʻz yuritdilar. Jumladan, davra suhbatida qayd etildiki, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ayniqsa, soʻnggi yillarda tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va pedagog olimlar tomonidan jadidlarning boy ilmiy va adabiy merosni oʻrganishga katta ahamiyat qaratilayotganligi aytib oʻtildi. Darhaqiqat, bugungi kunda  jadid bobolarimiz kabi yoshlar taʼlimiga jiddiy ahamiyat qaratishimiz zarur, zero, mamlakatni rivojlantirish uchun birinchi navbatda yoshlarning tafakkurini, ongini oʻstirish kerak, busiz iloji yoʻq. Shu bilan birga vatan ishqida yonish, vatanni sevish birinchi oʻrinda boʻlishi va hech qanday manfaatlarsiz vatanni sevish tuygʻularini yuragimizga singdirsak shunda oʻsish boʻladi, shunda milliy gʻurur mustahkam boʻladi.

Davra suhbati soʻngida oʻquvchilar oʻzlarining tayyorlagan badiiy sahnaviy chiqishlarini namoyish etdilar.

Shavkat Toirov

Yoshlar masalalari boʻyicha rais maslahatchisi

Print Friendly, PDF & Email