“NAVOIYAZOT”AJ FAOLLAR ZALIDA XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNIGA BAG‘ISHLAB TADBIR TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq tizimida “Navoiyazot”AJ faollar zalida 8-mart ‒ Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan soha vakillarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida jamiyat boshqaruvi raisi Farrux Samadov barcha kimyogar ayollarni bayram bilan muborakbod etdi.

 Tabrikda qayd etilganidek, bugungi kunda korxonada 8561 nafar xodim mehnat qilib, ularning 3477 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Jamoada 170 nafar rahbar, 2 nafar deputat hamda 5 nafar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan kasb fidoyilari mehnat qilmoqda.

Jamoa ayollarining turli tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelayotgani faxr bilan tilga olindi.

O‘z mehnati, korxona taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun bir guruh xotin-qizlar faxriy yorliq, tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Navoiy bo‘limi xonanda va sozandalarining musiqiy chiqishlari esa barcha tantana sababchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Print Friendly, PDF & Email