“15-FEVRAL ‒ SARATON KASALLIGIGA CHALINGAN BOLALAR KUNI” MUNOSABATI BILAN “MEN DONORMAN” AKSIYASI BOʻLIB OʻTMOQDA

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublika qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-348-son qaror ijrosini  taʼminlash maqsadida “15-fevral ‒ saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni” munosabati bilan “Men donorman” aksiyasi doirasida Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari  kasaba uyushmasi tizimidagi korxonalar xodimlari ham munosib ishtirok etmoqdalar. Shunday xayrli tashabbusda tarmoq tizimidagi “Navoiyazot”AJ xodimlari, jumladan, yoshlar ham faol ishtirok etdilar.

          Shuni alohida taʼkidlash kerakki, qon va uning tarkibiy qismlariga hamisha ehtiyoj mavjud. Kutilmagan favqulodda holatlar, baxtsiz hodisalar natijasida jabr koʻrgan yoki ogʻir xastalikdan aziyat chekayotgan insonlarni sogʻlom hayotga qaytarishda qon donorlarining saxovati suv va havodek zarur.

Navoiy shahridagi saxovatpesha kishilar kabi kimyogarlar ham bir manzilda jam boʻldilar. Bemorlarning salomatligi va hayotini saqlab qolishga hissa qoʻshishdek savobli ishni amalga oshirdilar.

Oʻzgalarga begʻaraz yordam koʻrsatish maqsadida ixtiyoriy qon topshirgan yosh donorlarga mutaxassislar tomonidan donorlikning inson salomatligi uchun foydali boʻlgan jihatlari haqida maʼlumot berildi.

Bunday xayrli ishlar sogʻayib oyoqqa turgan koʻplab insonlarning qalbida umrbod yashaydi va yaxshiliklarga chorlaydi. “Men donorman” aksiyasi davom etmoqda.

Print Friendly, PDF & Email