YANGI YIL MUNOSABATI BILAN BOLALARGA SOVG‘ALAR ULASHILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq tizimidagi “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning faol jamoasi bir qator xonadonlarda bo‘lib, xodimlarning farzandlariga sovg‘alar ulashdilar.

Ushbu tadbir orqali ko‘plab bolajonlarga haqiqiy bayramona kayfiyatni ulashishga erishildi. Bolajonlardagi hayajon, ko‘zlaridagi hayrat va minnatdorchilik izhorlari buni namoyon etib turdi. Kutilmagan sovg‘alari bilan tashrifda bo‘lgan qorboboga esa bolajonlar o‘zlarining yod olgan she’r va qo‘shiqlarini aytib berdilar.

Mana shunday yangi yil quvonchlari, orzu-umidlar ro‘yobi barchaning xonadoniga fayz bag‘ishlab turishiga tilakdoshmiz!

Print Friendly, PDF & Email