Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tarmoq tizimidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda tadbir boʻlib oʻtdi.
Konstitutsiya – xalqimizning istiqlolning ilk yillarida erishgan tarixiy yutugʻi. Bosh Qonunimiz suveren davlatimizning huquqiy negizini shakllantirishning asosiy poydevori, mustaqil davlatchiligimizning tamal toshi boʻldi.
Bu yil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 31 yillik bayrami keng nishonlanmoqda. Xususan, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda ham ushbu sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda bosh direktor Gʻulomjon Ibragimov soʻzga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilarini Konstitutsiya bayrami kuni munosabati bilan tabrikladi. Jumladan, bosh Qomusimizning fuqarolik jamiyatida tutgan oʻrni, unga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari haqida alohida taʼkidlab oʻtdi.
Bayram tadbiri davomida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi g‘olibi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: