XOTIN-QIZLAR VA GENDER TENGLIK MASALASI – KUN MAVZUSI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatninig 2022-yil 28-dekabrdagi SQ-682-IV-sonli qarori bilan davlat organlarida Gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qat’iy topshiriqlar belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatininig mazkur topshirig‘i ijrosi yuzasidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan «Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha maslahat kengash organlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizom» ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan korxona ishchi–xodimlari jamoasi o‘rtasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalariga ko‘maklashish maqsadida Gender tenglik masalalari bo‘yicha “Birinchi rezinotexnika zavodi”  MCHJ XKda kasaba uyushmasi qo‘mitasi va jamoat tashkilotlari hamkorligida xotin-qizlar o‘rtasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida tushuntirish ishlari va davra suhbatlari muntazam tizimli ravishda o‘tkazib borilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email