YOSH AVLOD HAMISHA E’TIBORDA

Бош саҳифа Янгиликлар

         Tarmoq tizimidagi “Maksam-Chirchiq” AJ korxonasi tasarrufidagi “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilning 20-yanvardagi PQ-96-sonli “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida, bilimdon yoshlarni rag‘batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish hamda yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida joriy yilning 9-avgust kuni “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohidagi dam oluvchi “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlarining farzandlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

        

Tanlov so‘ngida g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email