Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlar faoliyati bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatidagi “Maksam-Chirchiq”, “Ammofos-Maksam” va Yangiyo‘l “Biokimyo” aksiyadorlik jamiyatlari hamda Angren shahridagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida korxona rahbarlari, xodimlari va kasaba uyushmasi faollari bilan uchrashib, jamoa shartnomalari orqali ish beruvchilar tomonidan xodimlarga yaratilayotgan imtiyoz va qulay mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Korxonalar sex va bo‘limlarida xodimlar bilan yuzma-yuz o‘tkazilgan muloqotlar davomida ularning yanada unumli mehnat qilishlari va maroqli dam olishlari uchun qanday choralar ko‘rilishi zarurligi yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, tarmoq tizimidagi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida “Yoz-2023” mavsumining borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida, “Maksam-Chirchiq” AJ tasarrufidagi “Kimyogar” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurib, bu yerda bolajonlarga yaratilgan sharoitlar, ularning ma’naviy va jismonan yetuk shaxs sifatida o‘sishlari uchun tashkil etilgan kutubxona, ma’naviyat va ma’rifat xonasini, to‘garaklar faoliyatini o‘rgandi, bu ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
“Kimyogar” BSO 2-mavsumining yopilish tadbirlarida ishtirok etib, bolajonlarning maroqli dam olishlarini tashkil etishda faol ishtirok etayotgan tarbiyachilarga “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: