“YANGI ASR ISTE’DODLARI” SARALANDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish va iqtidorli ishchi xodimlarni, yoshlarni ragʻbatlantirish, har tomonlama yetuk mutaxassis boʻlib kamol topishiga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, yuksak bilimli,  mustaqil fikrlaydigan, o‘zi tanlagan mutaxassisligi boʻyicha mukammal bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan, zamonaviy loyihalarni, muhandislik ishlanmalarini hamda innovatsion texnologiyalarni yaratishga qodir raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, mehnat xavfsizligini, ish unumdorligini, sifat samaradorligini oshirish, ijodkorlarni tarbiyalashda yuksak madaniyat, erkin fikrlash, tafakkurini yuksaltirish, ratsionalizatorlik takliflarini ro‘yobga chiqarish, shu bilan birga “Ustoz-shogird” anʼanasini keng miqyosda rivojlantirish orqali yosh ijodkorlarning bilimini kengaytirish, faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantirish maqsadida tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida rahbariyat hamda kasaba uyushma qoʻmitasi tashabbusi bilan bosh energetik bo‘limi hamkorligida “Yangi asr iste’dodlari” ko‘rik-tanlovi tashkillashtirildi.

Koʻrik-tanlovga taqdim etilgan loyiha, ishlanma va ijodiy ishlarda dolzarblik, innovatsion g‘oya, yechim va tugallanganlik oʻz aksini topishi lozim bo‘lib, taqdim etilgan ishlarni ishlab chiqarishga tatbiq etilishidan olinadigan yillik iqtisodiy samaradorlik, yangi ishlanma va loyihani tatbiq qilish mexanizmi va uning natijadorligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar havola etilishi Nizom asosida so‘ralgan bo‘lib, ijodiy ishlar o‘rtasida ballar teng boʻlganda, ish mualliflariga loyiha va ishlanmalarga doir savollar berilib g‘oliblar saralab olindi.

Loyihalar “Eng yaxshi innovatsion muhandislik-kommunikasiya loyihalari va ishlanmalari”, “Eng dolzarb ixtiro yoki loyiha”, “Eng yaxshi innovatsion energosamarador loyihalar va energiya manbai” nominatsiyalari asosida baholandi.

Ishlarni korxona boshqaruvi raisi boshchiligidagi bosh mutaxassislardan iborat komissiya aʼzolari koʻrib chiqib baholadilar.

Natijalarga koʻra,  919-ishlab chiqarish bo‘limi jamoasi 1-o‘ringa, 34- ishlab chiqarish bo‘limi ustalari 2-o‘ringa va 30-ishlab chiqarish bo‘limi mutaxassislarining ratsionalizatorlik takliflari 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

G‘oliblar kasaba uyushma qo‘mitasining mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email