“BIZ OITSGA QARSHIMIZ” SHIORI OSTIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakultetida «1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni» munosabati bilan “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida soha mutaxassisi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani Umid Abdullayev, dekan o’rinbosari Ilgiz Bekmuhamedov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirga ToshGRES oilaviy poliklinika vrachi Dilfuza Ishmatova bu kasallik ijtimoiy kasallik ekanligi, u nafaqat iqtisodiy, siyosiy zarar keltirishi, shuningdek, oilaviy, ruhiy, maʼnaviy, axloqiy jihatdan salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishini ta’kidladi. Tadbir davomida talaba-yoshlar OITS kasalligi, uning dastlabki alomatlari, ushbu bedavo xastalikka chalinish sabablari, oqibatlari va virus yuqishini oldini olish uchun tibbiyot xodimlarining tavsiyalari haqida ma’lumotlar olishdi. Tadbir yakunida mutaxassislar talaba-yoshlarning sanitar-gigiena holatlariga qat’iy amal qilishi  har qanday kasallikni oldini olishning birinchi zaruriyati ekanligini yodga solishdi va ogohlikka chaqirishdi.

 

Print Friendly, PDF & Email