KASABA UYUSHMALARI FAOLLARI TOSHKENT SHAHRIGA SAYOHAT QILDILAR

Бош саҳифа Янгиликлар

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi korxonalar kasaba uyushmalari tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh qo’mita raislari va faollar ishtirokida Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.

Kasaba uyushmasi faollari sayohat davomida “Hazrati Imom” majmuasi, “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasi, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Mustaqillik maydoni majmuasi, “Minor” jome’ masjidiga bordilar.

Sayohatni birinchi manzili “Hazrati Imom”  majmuasi bo’ldi. Aytish kerakki, Hazrati Imom maydoni Toshkentning eski mahallasi Sebzorda asrlar bo’yi qurilib kelgan tarixiy-me’moriy obidalarning to’liq majmuasidan iborat  joylashgan. Olimlar fikricha, bu oldin Shosh deb atalgan shahar markazi bo’lgan. Tarixiy binolar ansambli islomning  Toshkentdagi birinchi imomi va targ’ibotchisi Qaffol ash-Shoshiy mozori atrofida paydo bo’la boshlagan va maydonga “Hazrati Imom”  nomi berilgan.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan poytaxtda qad ko’taryotgan O’zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida ham ma’lumot berildi.

Shundan so’ng faollar “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasi ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko’rsatgan ko’p millatli O’zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk G’alabani ta’minlashga qo’shgan munosib hissasini keng miqyosda yoritish, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish, ularning beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent shahrida “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni o’z ichiga olgandir.

Mehmonlar, shuningdek, Toshkent shahridagi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Print Friendly, PDF & Email