Tarmoq tizimidagi “Maksam-Chirchiq” AJ kasaba uyushma qo‘mitasida kasaba uyushma faollarining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yillik ish rejasi bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi. Korxonaning yubilyar kasaba uyushma raislari esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, mehnat va texnologik intizomga amal qilish haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilishda “11-noyabr ‒ O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”ga bag‘ishlangan chora-tadbirlar dasturi ko‘rib chiqildi. Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi R. Baydullayev kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida axborot berdi va “11-noyabr ‒ O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan yosh xodimlar vakillari keng qamrab olinishini aytib o‘tdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: