“FARG‘ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATI TASHKIL ETILGANLIGINING 60 YILLIGI NISHONLANDI

Бош саҳифа

Farg‘ona shahridagi “Wine Garden” tantanalar majmuasida “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganining 60 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanali kechada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Odil Temirov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barcha yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 31 yillik bayrami hamda “Farg‘onaazot”ning 60 yilligi bilan tabriklab, har bir viloyatda, shaharda shunday yirik korxonalar bo‘lishi, o‘sha hududda aholi bandligini ta’minlashning, iqtisodiy barqarorlik va farovonlikning eng katta kafolati ekanini ta’kidladi.

“Farg‘onaazot” AJ kasaba uyushma qo’mitasi

Print Friendly, PDF & Email